Янгиликлар

Toyloqlik ijodkor rassom Ahmad Umarov xonadoniga o'nga yaqin davlatdan ijodkor mehmonlar tashrif buyurishdi.

2019 yilning 3 oktyabr kuni Toyloqlik ijodkor rassom Ahmad Umarov xonadoniga o'nga yaqin davlatdan ijodkor mehmonlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni tuman madaniyat bo'limi xodimlarining kuy-qo'shiqlari va usta chizgan suratlari lol qoldirdi.

Madaniyat bo'limi xodimlari "O'z farzandingga o'rnak bo'l" shiori ostida yoshlar kutubxonasida.

Bugun madaniyat bo'limi xodimlari "O'z farzandingga o'rnak bo'l" shiori ostida yoshlar kutubxonasiga borishdi. Bundan ko'zlangan maqsad o'sib kelayotgan yosh avlodni kitobga bo'lgan mehrini oshirishdir. Biz kattalar bajargan amallarimiz bilan ularga o'rnak bo'lishimiz kerak.

Тойлоқда Жаҳон андозасига мос, замонавий ахборотлаштирилган суд биноси очилди.

2019 йилнинг 2 октябрь куни Тойлоқ туман судлари биносининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Очилиш маросимида Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси Камилов Козимжон Фозилович, Самарқанд вилояти ҳокими Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич, Тойлоқ туман ҳокими Бабоназаров Баҳодир Қодирович, вилоят судларининг раислари, фахрий судялар, туман ташкилот раҳбарлари иштирок этишди.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди