Янгиликлар

Madaniyat bo'limi xodimlari "O'z farzandingga o'rnak bo'l" shiori ostida yoshlar kutubxonasida.

Bugun madaniyat bo'limi xodimlari "O'z farzandingga o'rnak bo'l" shiori ostida yoshlar kutubxonasiga borishdi. Bundan ko'zlangan maqsad o'sib kelayotgan yosh avlodni kitobga bo'lgan mehrini oshirishdir. Biz kattalar bajargan amallarimiz bilan ularga o'rnak bo'lishimiz kerak.

Тойлоқда Жаҳон андозасига мос, замонавий ахборотлаштирилган суд биноси очилди.

2019 йилнинг 2 октябрь куни Тойлоқ туман судлари биносининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Очилиш маросимида Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси Камилов Козимжон Фозилович, Самарқанд вилояти ҳокими Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич, Тойлоқ туман ҳокими Бабоназаров Баҳодир Қодирович, вилоят судларининг раислари, фахрий судялар, туман ташкилот раҳбарлари иштирок этишди.

Toyloqliklar BUTUN JAHON TURIZIM KUNI (WORLD TOURISM DAY ) munosobati bilan hunarmandlar festivalida badiiy chiqishlari bilan qatnashmoqdalar.

“SILK ROAD BAZAAR”
Samarqand viloyatida BUTUN JAHON TURIZIM KUNI ( WORLD TOURISM DAY ) munosobati bilan hunarmandlar festivali davom etmoqda. Festivalda Toyloqlik madaniyat bo'limi xodimlarining chiqishlari xorijliklarga o'zgacha quvonch ulashdi. Bu festival xorijiy telekanallar orqali ham yoritilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди