Toyloqda tashqi reklamalarning Qonunga mosligi o‘rganildi

    Tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan tashqi reklamalar; peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga mosligi tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
   Tuman hududidagi qonun talablariga moslik holati o‘rganilib, qonunga zid ravishda o‘rnatilgan va davlat tili me’yorlarida yozilmagan tashqi reklama obyektlari olib tashlandi.    
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi va "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari talablariga  rioya etishni istamagan tadbirkorlarga ogohlantirish berilib,  tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.

    Bunday tadbirlar doimiy o‘tkazilib borilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди