Fermer va klasterlar bug‘doyning haqiqiy egasiga aylanmoqda
06.11.2023 - 15:21 Azaldan dehqonchilik yer yuzidagi eng sharafli va mashaqqatli kasblardan biri hisoblanib kelgan. Shu boisdan ham yurtimizda qishloq xo‘jalik sohasi xodimlari doimiy ravishda e’zozlanib, ularning mehnati ulug‘lanadi.
Prezidentimizning «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan 100 ta maqsadning bir nechtasi aynan agrar sohani isloh qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.