300 dona mevali daraxt ko‘chatlari ekildi

   Yurtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil maydonlar”ni kengaytirish ishlariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hayotga tatbiq etildi.
   Xususan, Toyloq tumanida joriy yilning kuzgi mavsumida 407 ming dona turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 
   Jumladan, 4R-50 Toyloq-Urgut avtomobil yo‘li bo‘yida 300 dona mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди