Fermer va klasterlar bug‘doyning haqiqiy egasiga aylanmoqda

   Azaldan dehqonchilik yer yuzidagi eng sharafli va mashaqqatli kasblardan biri hisoblanib kelgan. Shu boisdan ham yurtimizda qishloq xo‘jalik sohasi xodimlari doimiy ravishda e’zozlanib, ularning mehnati ulug‘lanadi.
  Prezidentimizning «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan 100 ta maqsadning bir nechtasi aynan agrar sohani isloh qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
  Jumladan, 30-maqsadda qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kelgusi besh yilda kamida 2 baravarga oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini esa kamida 5 foizga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.
  Xo‘sh, bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar bajarilyapti, fermerlarning daromadini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qay darajada e’tibor qaratilyapti? Bugun tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
  Ma’lumotlarga ko‘ra tumanda 2023 yili hosili uchun 4375 gektar maydonga boshoqli don ekilgan bo‘lib, davlatga 11 171 tonna don topshirilishi, shundan  davlat xaridiga 6079 tonna, 5092 tonnasi birja savdolari orqali sotilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda jami 12644 tonna don fermer xo‘jaliklar tomonidan 113.3 foizga bajarildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.05.2022 yildagi “Gʻalla yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaliklarimiz 5092 tonna birja savdosiga chiqaradigan donni tashish (shu jumladan ichki tashish), qabul qilish, saqlash va xaridorlarga jo‘natish xarajatlari tijorat vakili va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
   Bundan tashqari fermer xo‘jaliklar tomonidan 11171 tonna davlat zaxirasiga xarid qilinadigan donning har bir kilogrammi uchun 3 ming so‘mdan deb belgilandi. 
  Prezidentimiz tomonidan 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qaroriga asosan tumanda 278 gektar yer maydonlarini zaxiraga olinib, 1390 ta lotga ajratildi va ishsiz fuqarolarga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun berildi. Natijada 1390 nafar fuqaro ish bilan taminlandi. Bundan tashqari, Prezidentimizning joriy yil 18 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi daromadini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlariga asosan tumanda qo‘shimcha 111 gektar yer maydonlari zaxiraga olinib, hozirgi kunda 370 ta lotlarga ajratilib, dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ye-auksion savdosiga chiqarildi.
   Qolaversa, endilikda tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari birja savdolari orqali sotishlishi ta’minlanadi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди