Fuqarolarning murojaatlari tinglandi

Image_tadbir: 

 

   Bugun Toyloq tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Vorsin mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B. Bobonazarov,  2-sektor rahbari A. Saypiddinov tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
     Sayyor qabul davomida fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam,  ish bilan ta’minlash, uy-joy, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi qarzdorlik, yer kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  
    Murojatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.  Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi. 
     Sayyor qabulda tushgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди