"Mening Prezidentim" ijоdiy tanlovi g‘oliblari aniqlandi
14.12.2021 - 10:10Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toyloq tuman bo‘linmasi kengashi va tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2021 yil 22-noyabrdagi 6-13 “s” va 128- sonli Qo‘shma qarorlari asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Mening Prezidentim" ijodiy ishlar tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 60 umumta’lim maktabida tashkil etilgan mazkur tanlov jarayonida tuman XTB mudiri X.Hojiqulov hamda tanlov o‘tkazish uchun mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.