Deputatlar diqqatiga!

    Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi 56-sessiyasi 2022-yil 24-may kuni soat ­15-00 da Toyloq tumani hokimligi majlislar zalida oʻtkaziladi.

      Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi 56-sessiyasining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan.

     1.Tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i D.Umirzoqovning 2022-yil I-choragi davomida tumanga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.

  2.Tuman hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Kambaridinovaning tumanda xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko‘riliyotgan choralar  to‘g‘risidagi hisoboti.

   3.Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi A.Gʻaforovning 2022-yilning I-choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida

    4.Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Tog‘ayevning tumanda 2022-yil I-choragida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

     5.Tuman ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i A.Nabiyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomabil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti.

    6. Samarqand viloyati Toyloq tumanida  ijtimoiy soha, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq  ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlashning 2023-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

    7.Tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar dasturini muhokamasi to‘g‘risida.

     8. Tuman mahalliy budjetining 2022-yil I-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida.     

       9.Boshqa masalalar.    

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди