Янгиликлар

 TOYLOQDA FUQARO 9 MILLION 900 MING SO‘M JARIMAGA TORTILDI

   Shu kunlarda Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tuman hududida kuchaytirilgan kuzatuv reyd tadbirlarini o‘tkazmoqda. 

   Kecha, 5-sentyabr kungi reyd davomida tumanning “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro X.O o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi ko‘magida Zarafshon daryosi o‘zanidan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklab berayotganligi aniqlandi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglandi

   Bugun tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Nuroniy mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B. Bobonazarov, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari,  korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
     Sayyor qabul davomida fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam,  ish bilan ta’minlash, dehqonchilik qilish uchun yer olish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  

E'LON

Hurmatli toyloqliklar!

Bugun - 6-sentabr kuni Bog‘izog‘on podstansiyasidagi katta transformator ta'mirlanadi. 

Shu sababli soat bugun soat 18:00 ga qadar Toyloq tumanidagi Do‘stlik, Yangi hayot, O‘zbekiston, Xo‘jayuz, Zarafshon, Galabotir, Gʻo‘lba, Olmazor, Jumabozor, Saribozor, Xo‘jaqishloq, Yastepa, Nuroniy, O‘ray-elipok MFYlarda elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди