TOYLOQDA FUQARO 9 MILLION 900 MING SO‘M JARIMAGA TORTILDI

   Shu kunlarda Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tuman hududida kuchaytirilgan kuzatuv reyd tadbirlarini o‘tkazmoqda. 

   Kecha, 5-sentyabr kungi reyd davomida tumanning “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro X.O o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi ko‘magida Zarafshon daryosi o‘zanidan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklab berayotganligi aniqlandi.

   Huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilib, BXM 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди