TOYLOQDA FUQARO 9 MILLION 900 MING SO‘M JARIMAGA TORTILDI
07.09.2023 - 10:39Shu kunlarda Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tuman hududida kuchaytirilgan kuzatuv reyd tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Kecha, 5-sentyabr kungi reyd davomida tumanning “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro X.O o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi ko‘magida Zarafshon daryosi o‘zanidan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklab berayotganligi aniqlandi.