Toyloqda bandlik dasturi ijrosi qanday bajarilyapti?
15.04.2024 - 16:00 Xalqaro me’yorlarda belgilangani kabi yurtimizda ham har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Shu boisdan ham mamlaktimizda aholi bandligini ta’minlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu boradagi ishlar ko‘lami har yili qabul qilinadigan alohida maxsus dasturlar doirasidagi chora-tadbirlar amaliyoti orqali yanada salmoqli va samarali bo‘lib bormoqda.