Toyloqda “Hokimlik bog‘i”, “Yashil jamoat parki” va tashkilotlar bog‘lari barpo etiladi

  Yashillik insonning nafaqat vujud salomatligi, balki ruhiyati uchun ham juda muhimdir. Bugungi hayotimiz va taraqqiyotga rahna solayotgan ekologik muammolar sayyoramizning taqdirini o‘ylaydigan har qanday insonni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Shu bois, jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun mamlakatimizda xalqimiz hamjihatlik bilan amalga oshirayotgan «Yashil makon» umummilliy harakati ham xalqaro miqyosdagi yirik loyihaga aylanmoqda.

    Xo‘sh, bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar sifati qanday, samarasichi? Shu va boshqa savollarga Toyloq tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi.

Unda tumanda 2023 yil kuz mavsumida jami 407,0 ming dona manzarali, mevali daraxt va bo‘ta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 429,8 ming dona ko‘chatlar ekilib, belgilangan reja 105,6%ga bajarilganligi ta’kidlandi.

    2024 yil bahor mavsumida 510,3 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shundan 18 ming donasi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylariga, 94,15 ming donasi klaster va fermer xo‘jaliklari ekin yerlari va dala chetlariga, 22,0 ming donasi o‘rmon fondi yerlariga, 189,0 ming donasi bog‘, tok va tutzorlar barpo etish hisobiga, 2,1 ming donasi kasb-hunar kollejlariga, 9 ming donasi maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishi ob’yektlaridg, 7 ming donasi sog‘liqni saqlash yo‘nalishi ob’yektlariga, 35,0 ming donasi korxona va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlariga, 9,0 ming donasi tijorat banklari, 35 ming donasi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi hududlarga,  100 ming donasi tumandagi MFYlar hududlariga, 5,0 ming donasi “Yashil belbog‘lar” barpo etish orqali ekilishi belgilab olingan.

    Hozirgi kunda  538,26 ming dona yoki 105,5 foiz   manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekilgan bo‘lib,  barcha mahallalar, tashkilotlar, ijtimoiy soha ob’yektlarida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.   

   Bundan tashqari, tumanda “Hokimlik bog‘i”, “Yashil jamoat parki” va tashkilotlar bog‘larini barpo etish ko‘zda tutilgan.

   Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi qarori bilan tuman hokimligi hisobida bo‘lgan “Gʻo‘lba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 0,25 gektar yer maydonida “Hokimlik  bog‘i” va 4R-50 “Toyloq-Urgut” avtomobil yo‘lining 2-4 kilometri oralig‘ida yo‘l bo‘ylab joylashgan  0,25 gektar maydonga “Yashil belbog‘” tashkil etish ishlari tugallandi.

2024-yil kuz mavsumida 339 ming dona ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди