URUG‘CHILIK YO‘NALISHIDA TANLOV O‘TKAZILADI

E’LON

Toyloq tumanida 2023-yilda superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Tanlov joriy yilning 7-fevral sanasida o‘tkaziladi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar boshliqlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga 5-fevralga qadar taqdim etishlari so‘raladi.

1. Fermer xo‘jaligi (subyekt) nomidan tilxat.
2. Tuman tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining yer resurslari bo‘limi ma’lumotnomasi.
3. Fermer xo‘jaligining (subyekt) rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
4. Irrigasiya bo‘limi ma’lumotnomasi.
5. O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
6. Fermer xo‘jaligi (subyekt) rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi).
7. Fermer xo‘jaligi (subyekt) rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi umumiy ish staji to‘g‘risida - tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumotnomasi (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar).
8. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
9. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limi tomonidan talabgorning mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
10. So‘nggi 3 yil ichida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olingan hosildorlik va shartnomaviy rejaning bajarilishi bo‘yicha klaster korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 91-033-00-22 va 90-104-88-99 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди