Toyloqda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilyapti?
26.04.2024 - 16:33 Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Akbar Siddiqov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tumanda elektr ta’minotini yaxshilash, aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida 1-chorak yakunlari haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumot berilishicha, joriy yilning 1-choragi davomida Xo‘jayuz mahallasidagi TP-350 transformator punktiga 15 dona SV95, 19 ta SV105 temir beton ustunlar o‘rnatildi. Chorvoqtepa mahallasida TP-23 tranformator punktiga 52 dona SV95, 12 dona SV105 temir beton ustun o‘rnatilgan.