Toyloqda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilyapti?

    Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Akbar Siddiqov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tumanda elektr ta’minotini yaxshilash, aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida 1-chorak yakunlari haqida so‘z yuritildi. 
    Ma’lumot berilishicha, joriy yilning 1-choragi davomida Xo‘jayuz mahallasidagi TP-350 transformator punktiga 15 dona SV95, 19 ta SV105 temir beton ustunlar o‘rnatildi. Chorvoqtepa mahallasida  TP-23 tranformator punktiga 52 dona SV95, 12 dona SV105 temir beton ustun o‘rnatilgan.
Ilmobod  mahallasidagi TP-324 tarnsformator punktiga 48 ta temir beton ustun, Go‘lba mahallasidagi TP-534 transformator punktiga qo‘shimcha KTPS-250/10 transformator va 44 dona temir beton ustun o‘rnatildi.
    Bundan tashqari,  Fayziobod maxallasidagi TP-86 transformator punktiga  13 dona SV105 temir beton ustun o‘rnatildi.
Aholining murojaatlariga asosan, Yastepa mahallasidagi TP-168 transformator punktiga qo‘shimcha 160/10 transformator  va 10 dona temir beton ustun  olib kelindi. Charog‘bon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavvatli uylarning  elektr tarmog‘iga ulash uchun SV105-88 dona  temir beton ustun 2,841 km (1705/200/3 formula)  havo tarmog‘i olib kelindi.  Baxshtepa mahalasidagi transformmator punktiga SIP2-0,6 km, SIP4-0,3 km havo tarmog‘i  olib kelindi.
   "Obod xonadon, оbod ko‘cha, obod mahalla" tamoyili asosida obodonlashtirilayotgan Tepaqishloq mahallasini sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 2 dona 160/10 transformator punkti  va SV105-20 dona SV95-310 dona, SIP2-10,0 km  SIP4-2,0 km , AS50-0,308 km (185/200/3 formula) havo tarmog‘i olib kelingan, ayni damda qurilish ishlari olib borilmoqda.
     Bundan tashqari, O‘ray Elipok maxallasidagi TP-520 transformator punktiga qo‘shimcha KTPS-160/10  transformator punkti  olib kelindi. O‘ray Elipok mahallasidagi TP-587 transformator punktiga qo‘shimcha KTPS-160/10 transformator punkti olib kelindi.  Qo‘shchinor  mahallasidagi TP-296 transformator punktiga qo‘shimcha KTPS-160/10 transformator punkti olib kelindi. 
   Jami 7 dona transformtor, 547 dona temir beton ustun va 8,549 zamonaviy havo tarmog‘i tortilmoqda.
  Joriy yilda mukammal ta’mirlash rejasi asosida  230,52 km va 112 dona transformator punkti mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirgi kunda  34,5 km va 20 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди