MEHNATKASHNING QORNI TO‘Q, RO‘ZGʻORI BUT yoxud yetmishga yetgan otaxonning shijoati

    Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida tomorqaga yaxshi niyat bilan baraka urug‘ini qadab, yil davomida ro‘zg‘or to‘kinligini ta’minlayotgan mirishkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.   Abdurahmon ota Xolmatov ana shunday ustakor dehqonlar sirasiga kiradi. Yetmishga yetib qolgan otaxonni yigitlik quvvati hali tark etmagan. Bugun u 10 sotixli tomorqasining 6 sotixida issiqxona qurib, mo‘l hosil olish arafasida turibdi. Qishning chillasida yerga qadalgan sabzi urug‘i bugun bozorbop bo‘lib turibdi. 
    —Oilada 6 nafarmiz. Farzandlarim va nabiralarim bilan birga mehnat qilamiz.  Shuni aniq ayta olamanki mehnat qilgan kishi hech qachon birovga muhtoj bo‘lmaydi.  Issiqxonamizdan yiliga ellik million so‘mdan ortiq daromad olamiz, -deydi Abdurahmon ota, — Hozir birinchi ekinni yig‘ishtirib olish arafasidamiz. Har bir dona  sabzini 1000-1200 so‘mdan sotib, yaxshi  daromad olishni mo‘ljallayapmiz. 

Azizjon OLIMOV.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди