Янгиликлар

Toyloqda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilyapti?

    Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Akbar Siddiqov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tumanda elektr ta’minotini yaxshilash, aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida 1-chorak yakunlari haqida so‘z yuritildi. 
    Ma’lumot berilishicha, joriy yilning 1-choragi davomida Xo‘jayuz mahallasidagi TP-350 transformator punktiga 15 dona SV95, 19 ta SV105 temir beton ustunlar o‘rnatildi. Chorvoqtepa mahallasida  TP-23 tranformator punktiga 52 dona SV95, 12 dona SV105 temir beton ustun o‘rnatilgan.

MEHNATKASHNING QORNI TO‘Q, RO‘ZGʻORI BUT yoxud yetmishga yetgan otaxonning shijoati

    Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida tomorqaga yaxshi niyat bilan baraka urug‘ini qadab, yil davomida ro‘zg‘or to‘kinligini ta’minlayotgan mirishkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.   Abdurahmon ota Xolmatov ana shunday ustakor dehqonlar sirasiga kiradi. Yetmishga yetib qolgan otaxonni yigitlik quvvati hali tark etmagan. Bugun u 10 sotixli tomorqasining 6 sotixida issiqxona qurib, mo‘l hosil olish arafasida turibdi. Qishning chillasida yerga qadalgan sabzi urug‘i bugun bozorbop bo‘lib turibdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди