Янгиликлар

Maktabda kasb-hunar va 2 ta xorijiy tilni o‘rgatish holati o‘rganildi 

   Bugun  Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov, Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov  hamda tuman 4-sektor rahbari Shuhrat Sharipovlar 58-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish,  kasb-hunar va 2 ta xorijiy tilni o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganishdi,  bu borada mavjud muammolarni yechish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olishdi.  

Tuman hokimi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda

    Kunlar sovushi bilan barcha ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari boshlab yuboriladi. 
    Bu jarayon Toyloq tumanida ham doimiy nazorat ostiga olib borilmoqda. 
   Xususan, tuman hokimi, 1-sektor rahbari  Bahodir Bobonazarov va tuman prokurori, 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinovlar  xududdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди