Maktabda kasb-hunar va 2 ta xorijiy tilni o‘rgatish holati o‘rganildi 

   Bugun  Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov, Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov  hamda tuman 4-sektor rahbari Shuhrat Sharipovlar 58-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish,  kasb-hunar va 2 ta xorijiy tilni o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganishdi,  bu borada mavjud muammolarni yechish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olishdi.  
   Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Oqdaryo tumanidagi  32-umumta’lim maktabi ta’limiga joriy qilinayotgan yangi metodikalarni barcha tumanlarning kamida 2 ta maktabida yil yakuniga qadar tashkil qilish bo‘yicha bergan topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur o‘rganish davomida maktabning kuz-qish masumiga tayyorgarlik holatini ham ko‘zdan кechirishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди