Tuman prokurori fuqarolarning murojaatlarini tingladi
12.09.2023 - 14:35 Toyloq tuman prokurori, 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinovning navbatdagi sayyor qabuli Baxshitepa mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, moddiy yordam, elektr energiyasidagi muammolar va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.