Muborakliklarning muammolari tinglandi

   

    Muborak mahallasida tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Kambariddinova, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 
    Unda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, dehqonchilik qilish uchun yer olish, ichimlik suvi, fuqarolik pasporti olish, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди