Янгиликлар

 Nogironlik nafaqasini olish tartibi qanday?

    Nogironlik nafaqasini olmoqchi bo‘lgan shaxsda huquq (https://gov.uz/uz/pj/sections/nafaqalar/view/2071/) paydo bo‘lganidan so‘ng nafaqani olishni so‘rab Davlat xizmatlari markaziga bevosita tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)dan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi.

    Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi.

Konstitutsiya huquqlarim poydevori

     Bugun Toyloq tumanidagi umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Toyloq tuman Adliya bo'limi va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. 

Sayyor qabulda aholi murojaatlariga yechim izlandi

    Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Bog‘izog‘on mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.   
    Sayyor qabul davomida fuqarolardan asosan moddiy va tibbiy yordam, subsidiya asosida uy-joy olish, yer va kadastr sohasiga oid murojaatlar kelib tushdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди