Nogironlik nafaqasini olish tartibi qanday?
29.11.2023 - 18:56Nogironlik nafaqasini olmoqchi bo‘lgan shaxsda huquq (https://gov.uz/uz/pj/sections/nafaqalar/view/2071/) paydo bo‘lganidan so‘ng nafaqani olishni so‘rab Davlat xizmatlari markaziga bevosita tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)dan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi.