Tepaqishloqda seminar o‘tkazildi
01.02.2024 - 15:05 “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirilayotgan Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarni obod qilish, uy-ro‘zg‘or madaniyatini rivojlantirish borasida turli targ‘ibot tadbirlari, ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilyapti.
Ana shunday seminarlarning navbatdagisi “Xonadon madaniyati va sog‘lom turmush madaniyatini yuksaltirish” mavzusiga bag‘ishlandi.