Tepaqishloqda seminar o‘tkazildi

    “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirilayotgan Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarni obod qilish, uy-ro‘zg‘or madaniyatini rivojlantirish borasida turli targ‘ibot tadbirlari, ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilyapti. 
    Ana shunday seminarlarning navbatdagisi “Xonadon madaniyati va sog‘lom turmush madaniyatini yuksaltirish” mavzusiga bag‘ishlandi. 
Seminarda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambaridinova, ko‘chaboshilar, mahalla raisining maslahatchilari, jamoatchilik tuzilmalari a’zolari, “Keksalar maslahati” guruhi a’zolari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.
    Seminar davomida, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyilining ahamiyati va bunda xonadon bekalari va xotin-qizlarning o‘rni va vazifalari haqida so‘z yuritildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди