Yo‘l transport hodisalari raqamlarda: Toyloqda 5 oyda 11 ta YTH sodir etilgan
24.05.2023 - 15:41 Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz respublikamiz hududi bo‘ylab turli darajadagi yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lganligini ko‘rishingiz mumkin.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari natijasida vafot etganlar ham, tan jarohati olganlar ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Toyloq tumanida 2023 yilning bugungi kuniga qadar 11 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 10 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.