Toyloqda ikki yosh ijodkorlarning ilk kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

     Bugun Toyloq tumanidagi axborot kutubxona markazida tumanning so‘lim go‘shalarida tug‘ilib-o‘sgan ikki qalamkash – olmazorlik Munisa Hamroyevaning  “Orzular qanoti”  hamda galabotirlik Sharof Ro‘ziboyevning “Bahor sog‘inchi” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
    Toyloq tuman hokimligi, tuman maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi bo‘limi, Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi, tuman axborot kutubxona markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda shoirlar Zubaydullo Ibragimov, Abdulla Nisoriy, Yodgorjon Tursunov shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘. Usmonov hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. 

Kechada so‘zga chiqqanlar yosh ijodkorlarning o‘ziga xos xislatlari, ularning she’rlaridagi o‘ziga xoslik, tuyg‘ularini sodda va ravon tilda bayon eta olgani haqida fikr bildirishdi. Har ikala ijodkorning she’rlaridan satrlar o‘qishdi. She’riyat va adabiyot olamiga qadam qo‘yayotgan Munisa va Sharofga ijodiy barkamollik tilashdi.
Tadbir davomida Sharof Ro‘ziboyev hamda pasdarg‘omlik shoir Yodgorjon Tursunovlar o‘zbek va qozoq xalqlari do‘stligini mustahkamlashdagi xizmati munosib taqdirlandi. Ularga Qozog‘iston Respublikasi “Qo‘sh qanot” fondi tomonidan berilgan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak-nishoni tantanali topshirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди