“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”
25.03.2024 - 18:30 Bugungi kunda mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toyloq tumanida bu borada mahalla faollari, nuroniylar, mehnat faxriylarining faolligini oshirish, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyilini joriy qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston mahallasida tashkil etildi.