“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” 

    Bugungi kunda mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toyloq tumanida bu borada mahalla faollari, nuroniylar, mehnat faxriylarining faolligini oshirish, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyilini joriy qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston mahallasida tashkil etildi. 
    Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov mahalla fuqarolari o‘rtasida joriy yilning yanvar oyida sodir etilgan jinoyat ishini muhokama qildi va uning sabablariga to‘xtalib o‘tdi. Fuqarolarning bu jinoyat ishiga bo‘lgan munosabati va fikr-mulohazalarini tingladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди