MEHNATKASHNING QORNI TO‘Q, RO‘ZGʻORI BUT yoxud yetmishga yetgan otaxonning shijoati
18.04.2024 - 15:20 Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida tomorqaga yaxshi niyat bilan baraka urug‘ini qadab, yil davomida ro‘zg‘or to‘kinligini ta’minlayotgan mirishkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Abdurahmon ota Xolmatov ana shunday ustakor dehqonlar sirasiga kiradi. Yetmishga yetib qolgan otaxonni yigitlik quvvati hali tark etmagan. Bugun u 10 sotixli tomorqasining 6 sotixida issiqxona qurib, mo‘l hosil olish arafasida turibdi. Qishning chillasida yerga qadalgan sabzi urug‘i bugun bozorbop bo‘lib turibdi.