Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

     Mana bir necha kundurki tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan noqonuniy tashqi reklamalar; peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlariga nisbatan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
    Tadbirlar davomida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan 50 dan oshiq tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi.
    Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz! 

Fazliddin Mirbabayev,
Toyloq tumani hokimining maslahatchisi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди