Bilganga tomorqa koni foyda

    To‘g‘risi, ilgari ko‘pchilik bunga e’tibor bermas, ba’zi xonadonlardagi yerlarning o‘t bosib yotishi ham sir emas edi. Endi esa bu yumush davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
    Maqsad odamlarni loqaydlik, boqimandalik illatlaridan xolos qilish, aholi daromadini oshirish.Bugun Toyloq tumanidagi Zarafshon va Galabotir mahallalarida o‘tkazilgan seminar ham aynan shu maqsadga qaratildi. 
   Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J. Xo‘jdamurodov, O‘zbekiston Mahallalari  uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i A. Mirzoyev, viloyat banklari vakillari hamda mahallalar aholisi ishtirok etishdi.  
    Seminar davomida Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari J. Xo‘jamurodov tomrqadan unumli foydalanish,  bahorgi ekinlarni o‘z vaqtida ekish, “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyilini joriy etish kabilar haqida so‘z yuritdi. 
   Hududga biriktirilgan viloyat banklar vakillari tomonidan  oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar tavsiya qilindi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди