Jinoyat ishi mahallada muhokama qilindi

  Joriy yilning 8 mart kuni Toyloq tumani Gʻo‘lba mahallasid hududidan o‘tuvchi “S.Ayniy-Samarqand”  yo‘nalishidagi A377 avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. 
    Oqdaryo tumani Po‘latdarxon mahallasida yashovchi Q.M o‘g‘li Yu.M. ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinani haydab chiqqan va boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi natijasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Toyloq tumani Taraqqiyot mahallasida yashovchi H.A. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli mashinaga urilgan. 
    Bugun Tolyoq tuman Gʻo‘lba mahallasida tuman hokimi Bahodir Bobnazarov ishtirokida aholi o‘rtasida mazkur jinoyat ishi muhokama qilindi. Bu kabi holatlarning oldini olish, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishda nuroniylarni faollikka chaqirdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди