Hashar tashkil etildi

 

  Toyloq tumani 1-sektor hududidagi Zarafshon, Chorbog‘tepa, Xo‘jayuz va O‘zbekiston mahallalarida ommaviy hashar o‘tkazildi.  Mahalla hududini obodonlashtirish, Ramazon hayiti bayramini saranjom-sarishta mahallada munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan hashar doirasida ariqlar kovlandi, ko‘chalar chiqindinlardan, begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlar oqlandi, daraxt nihollari ekildi. Qabristonlarning ichki va tashqi hududi obodonlashtirildi.  
   Xuddi shunday tadbirlar O‘ray-Elipok, Taraqqiyot va Bog‘izog‘on mahallalarida ham keng quloch yoydi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди