Fayziobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

 

     Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Kambariddinova, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, kontrakt to‘lovida amaliy yordam, dehqonchilik qilish uchun yer olish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
   Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди