Doimiy komissiya navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqdi

     Joriy yilning 29-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi 89-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
     Jumladan, tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i B.Axadovning suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan hisoboti, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan           “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Toyloq tumani filiali boshlig‘i S.Yuldashovning hisoboti, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida va kun tartibidagi boshqa masalalar doimiy kamissiya tomonidan muhokama qilindi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди