“Oqila ayollar” jamiyatni ma’naviyatga yetaklaydi

  O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi  Viloyat  “Oqila ayollar” harakati va Toyloq tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Toyloq tumanidagi 22 maktabda  “Oqila ayollar” jamiyatni ma’naviyatga yetaklaydi loyihasi doirasida  “Tadbirkorlar -  iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
     Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi rais o‘rinbosari   Viloyat  “Oqila ayollar” harakati rahbari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, biznes yuritishlari uchun qulay muhit va keng imkoniyatlar hamda kafolatlar berish to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
       Jamiyatning asosiy tayanchi bu – oila. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni bor, - deydi tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Noila Qamarridinova. Bugungi kunda 50 ta mahalalarda 50 ta xotin – qizlar faollari, oqila ayollar yetakchilari faoliyat yuritadi. 
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-376-sonli qarori ijrosi ta’minlashda tumanda  2023 dekabr oyiga qadar 41 ta markazlar ochilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda barcha markazlar ochilib, tadbirkorlarga qaror talablariga asosan 5 yil muddatda ijara shartlari asosida ish faoliyatini yuritib kelmoqda. Shuningdek tashkil etilgan barcha markazlarda xotin  - qizlar salomatligini mustahkamlash uchun stol tennis jihozi, shashka va shaxmat doskalari va boshqa turdagi sport bilan shug‘ullanishi uchun qulayliklar yaratilgan. 
      Ushbu markazlar sektorlar kesimida 1-sektorda 13 ta, 2-sektorda 4 ta, 3-sektorda 12 ta va 4-sektorda 12 ta markazlar ochilgan bo‘lib, shundan tashkil etilgan markazlarda yo‘lga qo‘yilgan faoliyat yo‘nalishlari tikuvchilik 37 ta, qandolatchilik 2 ta hamda fitnes, sheyping kabi xizmat ko‘rsatish turlari yo‘lga qo‘yilgan markazlar 2 tani tashkil qilib, tashkil etilgan markazlarda kasb-hunarga o‘qitilgan xotin-qizlar 29 nafarni hamda bandligi ta’minlangan xotin-qizlar 125 nafarni tashkil etadi.

      Tadbir ishtirokchilari  mazkur maktabning yuqori sinf qizlari bilan dildan suhbat o‘tkazishdi, maktab o‘quvchilarining o‘zlarining chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xursand etishdi.
    Tadbir yakunida ishtirokchilari tumandagi Bog‘ichinor mahallasida tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv markazi bilan tanishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди