TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING 8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN XOTIN-QIZLARGA YO'LLAGAN BAYRAM TABRIGI

       Aziz va munis onaxonlar, hurmatli opa-singillar, go'zal qizlar! 

       Barchangizga muhabbat,  go'zallik,  latofat va mehr ramzi bo'lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
      Siz borsizki, hayotimiz go‘zal va maftunkor! Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayz-u baraka kiritadigan ham, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan ham aslida  moʻtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayollarimizning oilada ham yoyinki jamiyatimizda ham tutgan o‘rni beqiyosdir. Bugun xotin-qizlar uchun davlatimiz rahbari tomonidan keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash borasida keng ishlar amalga oshirilmoqda.  
  
     Aziz opa-singillar!
    Sizlarni ushbu goʻzal ayyom bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, koʻtarinki kayfiyat tilayman.
Chehrangizdan tabassum arimasin!
Doimo xalq ardogʻida boʻling!

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди