"MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ O‘YINLARI" 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari" sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Qiziqarli va shiddatli o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra: 

 1-o‘rinni Toyloq tumani 32-maktab jamoasi egallab, musobaqaning Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
 
 2-o‘rinni Samarqand shahar 81-maktab jamoasi; 

 3-o‘rinlarni Oqdaryo tumani 26-maktab va Narpay tumani 9-maktab jamoalari egallashdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor o‘quvchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan munosib taqdirlandilar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди