Tumanda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Matbuot anjumani

Bugun Toyloq tuman hokimi o‘rinbosari,  oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i   Noila Kambariddinova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV vakillariga tumanda 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun keng imkoniyatlar berib kelinmoqda. Natijada oila va ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda 216 242 nafar aholi bo‘lib, shundan: 108 800 nafari xotin-qizlar hisoblanadi. 51 700 nafar oilalar mavjud. Tug‘ish yoshidagi ayollarimiz 57 800 nafarni tashkil etib, 18-30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar 17 798 nafar hamda 40 818 nafar 30 yoshdan yuqori yoshdagi xotin-qizlar mavjud.

Tumanimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirib borilmoqda. Xususan, Oilalar va xotin-qizlar o‘rtasida “Oila muqaddas dargoh”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi”,”Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli”, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot “ ko‘rik tanlovlari”, “Salomatlik tuman boylik”, “Sport nafislik-sog‘lomlik manbai”,“Salomatlik uchun  5000 qadam” shiori  ostida piyoda yurish marafoni, “Faravon oila”,“Siz qonun himoyasida”, “Qaynona va kelin” mavzularida Jamoat tashkilotlari ishtirokida qishloq ayollari kuniga  bag‘ishlab “Ayoli e`zozlangan yurt” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz shiori ostida   ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Oila muqaddas dargoh”, ”Ayol e’zozda”, “O‘zbek ayoli”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi” ko‘rik tanlovlari”, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Qaynona va kelin” mavzularida o‘tkazilgan davra suhbatlari ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va  mahalalarda tashkil etilib borilmoqda.  

  2023-yilda   Ayollar daftariga kiritilgan 6 389 nafar (100 foiz) xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

1-toifa bo‘yicha: 3 170 nafar ishsiz xotin-qizlarning barchasining bandligi ta’minlandi va ular uchun  31,5 mln so‘m mablag‘ ajratildi;  

2-toifa bo‘yicha:  50 nafar xotin-qizlarning barchasiga  imtiyozli kredit ajratildi;

3-toifa bo‘yicha: 1 125 nafar   boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun ham moddiy yordamlar berildi. Shundan uy-joyi ta’mir-tralab bo`lgan 37 nafar xotin-qizlarning barchasiga uy-joylari ta’mirlab berildi. ;

4-toifa bo‘yicha: 1 588  nafar ijtimoiy yordamga muxtoj  1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning 1 588 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, shundan uy-joyi ta’mirlanadigan  10 nafar xotin-qizlar  belgilab olindi.

5-toifa bo‘yicha: 6 nafar uy-joyga muxtoj, shundan  3 nafari uy-joy bilan ta’minlanadigan xotin-qizlarning  1 nafari uy-joy bilan ta’minlandi va 2 nafari taklifni rad etdi, 3 nafar xotin-qizlarning 3 nafariga  7 mln 500 ming so‘m miqdorida ijara kompensatsiya to‘lab berildi;

6-toifa bo‘yicha: 450 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarning 450 nafariga moddiy yordam berildi, shundan  4 nafar xotin-qizlarning 4 nafariga tomorqadan unimli foydalanish uchun yordamlar ko‘rsatildi.

3,4,6 - toifalar uchun 2 mlrd 162 mln 684 ming so‘m mablag‘ ajratilgan;

3.1 va 4.1 toifalar bo‘yicha uy-joy ta’miri uchun 170,5 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Viloyat bo‘yicha Ayollar daftarning  4-bosqichda xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida   54 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

Daftarga kiritilgan tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga  har tomonolama ko‘maklashish va sog‘lig‘ini tiklash borasida tizimli ishlar olib borilganligi natijasida 7  nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotlari va davolanish xarajatlari uchun jami 31 mln 846 ming so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi;  Ayollar daftarida turuvchi xotin-qizlarning o‘zlari va farzandlari uchun jami 24 nafariga oliy ta’limda tahsil olishlari uchun to‘lov kontrakt summasi 83 mln 350 ming so‘m miqdorida to‘lab berildi. 2024-yilda Ayollar daftarining 5-bosqichiga 6260 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga olingan va Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi tomonidan tasdiqlandi. Joriy yilda ham Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli yordamlar ko‘rsatiladi.

“Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga 6 260 nafar xotin-qizlarni kiritilib, amaliy yordamlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.

1-toifa bo‘yicha: 2 156 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi;  

2-toifa bo‘yicha:  35 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik qilishlari uchun amaliy yordamlar ko‘rsatiladi;

3-toifa bo‘yicha: 1 260 nafar   boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarning 1 241 nafariga moddiy yordamlar beriladi. 19 nafar xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlab beriladi. ;

4-toifa bo‘yicha: 2 204  nafar ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning 2 197 nafariga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi, uy-joyi ta’mirlanadigan 7 nafar xotin-qizlar  belgilab olindi.

5-toifa bo‘yicha: 2 nafar uy-joyga muxtoj xotin-qizlarga ijara kompensatsiya to‘lab beriladi;

6-toifa bo‘yicha: 603 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarning 589 nafariga moddiy yordam beriladi, 14 nafar xotin-qizlarning tomorqadan unimli foydalanishi uchun yordamlar ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,

 Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati uchun davlat granti ajratish bo‘yicha Toyloq tumani ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.

Qarorning 3-ilovasida Toyloq tumanidagi mahallalarda bo‘sh turgan bino, inshootda 2023-yil dekabrga qadar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazini tashkil qilish topshirilgan. Bunda, sentabr oyida 3 ta, oktabr oyida 9 ta, noyabr oyida 10 ta, dekabr oyida 19 ta mahallada markaz ochildi.

  Tumanda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga 12 277 nafar ayollar kiritilgan bo‘lib, shundan 152 nafariga kamta’minlangan oilalarga moddiy yordam va 12 125 nafariga kamta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi to‘lab kelinmoqda.

  Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan tumanda 292 nafar xotin-qizlar murojaat qilib, talabgorlarning arizalari  va tegishli hujjatlari ishchi guruhlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 213 nafar xotin-qizlarga tasdiqlangan nizom talablariga  mos kelganligi sababli tavsiyalar berildi, 79 nafar xotin-qizlarning hujjatlari asoslantirilgan  holda rad qilindi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil  7 martdagi PF-87-son Farmonning ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarida oliy ma’lumotli xotin-qizlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 322-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 20 iyun - 30 iyun kunlari tuman bo‘yicha talabgorlarning arizalari xotin-qizlar.uz platformasi orqali yelektron shaklda qabul qilindi. Bunda Tavsiyanoma olishni so‘rab 71 nafar xotin-qizlar murojaat yetishdi, shundan o‘rganish natijalariga ko‘ra 52 nafar xotin-qizlarning hujjatlari Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-iyuldagi “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–329-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, amalga oshirilgan ishlar davomida 2 800 nafar xotin-qizlarning 175 ta muammolari aniqlangan, ulardan 150 tasini hal yetish choralari ko‘rilgan.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun tijorat banklaridan hamda xotin-qizlarni, oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 30 nafar ayollarga kreditlar ajratilgan.“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar yakka tartibdagi tadbirkorlik yoki o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida 49 ta xotin-qizlarga jami 379 454 000 (uch yuz yetmish to‘qqiz milllon to‘rt yuz yellik to‘rt ming) so‘m pul mablag‘lari Agro Bank va Xalq Banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilgan. Hunarmand ayollarga ishsiz ayollarni biriktirishga qaratilgan ishlar davomida 50 nafar hunarmand ayollarga 422 nafar xotin-qizlar biriktirilgan.

 Kasanachilik ish o‘rinlari tashkil yetgan 14 nafar tadbirkor ayollarni o‘qitish, muammolarini bartaraf etish, qo‘llab quvvatlash orqali qo‘shimcha yaratadigan ish o‘rinlari soni 104 nafar va unga biriktiriladigan ayollar soni  98 nafarni tashkil qilgan. Tadbirkor, oilaviy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali  yaratiladigan ish o‘rinlari va ularni mahallalardagi ishsiz ayollarni biriktirish. Tadbirkorlar soni 42 ta va biriktiriladiganlar soni 180 nafar.

  Oilalarga o‘z tomorqasidan gul, limon, meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha  imtiyozli kreditlar 730 nafar xotin-qizlarga ajratilgan.

-TTB bilan birgalikda xotin-qizlarga xos bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida ularni onkologik skriningdan o‘tkazilishini ta’minlash belgilangan bo‘lib, tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Ayollar maslahatxonasi” mavjud bo‘lib, u yerda anko-nazorat xonasi tashkil qilingan shu paytga qadar 9300 nafar xotin- qizlar  ushbu skriningdan o‘tkazildi. Natijada 9 nafarida xavfli o‘sma, 19 nafarida xavfsiz o‘sma aniqlangan va aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda;

 - Rejaning 80-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 45 nafariga sanatoriyalarda davolanishlari tashkil etilgan, nogironligi bor 60 nafar keksa ayollar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlangan;

-Rejaning 101-bandida tuman prokuraturasi  tomonidan adliya bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda: fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan 110 ta targ‘ibot tadbiri, mahalladagi "Ayollar maslahat kengashlari"da "Huquqiy bilimlar" mavzusida 25 ta uchrashuv o‘tkazilgan;

-jamoat tashkilotlari ishtirokida "Oila muqaddas", "Ayol e’zozda”, "Ibratli oila", "Siz qonun himoyasidasiz" kabi mavzularda davra suhbatlarini tashkil etish bo‘yicha Rejaning 104-bandida belgilangan vazifa bo‘yicha 94 ta tadbir o‘tkazilgan;

-  IIB bilan birgalikda  xaftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida xotin-qizlar o‘rtasida "Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida 50 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan.

-Ta’lim muassasalarida, tashkilotlarda, mahallalarda ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘lini targ‘ib etishga doir 110 dan ziyod tadbir o‘tkazilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди