Toyloqda 2023 yilda dasturlar ijrosi qanday bajarildi?

 

  Bugun Toyloq tumani hokimligi tmonidan ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tuman hokimining o‘rinbosari Sardor Eraliyev tumanda 2023 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va infratuzilma dasturlarining ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar  haqida ma’lumot berdi. 
Toyloq tumanida 2023 yil investisiya dasturi asosida 10,74 mlrd.so‘mlik va mahalla infratuzilmasini yaxshilash dasturlari asosida 10,2 mlrd.so‘mlik, jamoatchilik muhokamasiga muvofiq tashabbusli byudjet platformasi orqali 15,2 mlrd.so‘m, birinchi navbatdagi muammoli masalalarni hal etishga 13,27 mlrd.so‘m jami 49,41 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarori asosida tumanda umumiy qiymati  10,7 mlrd.so‘mlik 4 ta loyiha amalga oshirilgan.
Jumladan,  Chorog‘bon MFY, Yangi Toyloq qishlog‘ida  4,3 mlrd so‘mga 360 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, Bunyodkor mahallasida 4,2  mlrd so‘mga 120 o‘rinli  27-maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. 

    Press-tur ishtirokchilari mazkur ta’lim muassasalarida bo‘lib, qurilish sifati hamda o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. 
Ma’lumot o‘rnida, tumanda  “Open byudjet” elektron platformasida 2022 yil 2-mavsumida jami 7,2 mlrd.so‘mga 16 ta tashabbus g‘olib deb topilgan, shundan 2 ta ijtimoiy soha ob’yektlari, 2 ta ichimlik suvi inshootlari, 7 ta MFY binolari qurilib, 6 ta ichki yo‘llarni ta’mirlandi.

   Jumladan, Yangi hayot MFYdagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini 465 mln.so‘mga hamda Ravot OSHPni 240 mln.so‘mga ta’mirlash ishlari belgilangan bo‘lib, ishlari 100% tugallangan. 
   Tumanda 6 ta ob’yektda 2,62 mlrd.so‘mga 6,18 km asfalt qilish ishlarini amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, Ukrach MFYda 1,4 km, O‘zbekiston MFYda 1,3 km, Do‘stlik MFYda 0,98 km, Beklar MFYda 0,5 km, Jalolobod MFYda 1,0 km, Taraqqiyot MFYda 1,0 km  asfalt yo‘llari  to‘liq tugallandi.
   Ichimlik suvi ob’yektlari bo‘yicha jami 2 ta ob’yektda, shundan 1 ta yangi qurish, 1 ta rekonstruksiya qilish va 5,0 km tarmoq tortish uchun 996 mln. so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, barchasida qurilish ishlari tugallangan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди