Toyloqlik yoshlarining bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tmoqda

   

   Bugun Toyloq tuman hokimligi tomonida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillari press-tur davomida tuman yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.  
    Press-tur ishtirokchilari dastlab Toyloq tumanidagi axborot-kutubxona markazida bo‘lishdi. Zamonaviy qiyofaga ega bu ziyo maskani nafaqat yoshlarga balki  keksa otaxon va onaxonlarga ham ma’rifat nurini ulashib kelmoqda.  

   Jurnalistlarga Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamrohlik qildi va kutubxona, uni rivojlantirish borasida rejalari haqida ma’lumot berdi.  
   Tuman axborot-kutubxona markazining binosi 2021 yil rekonstruksiya qilinib, tuman ahliga xizmat ko‘rsatish uchun topshirilgan, markaz faoliyatini 8343 nusxadagi adabiyotlar bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 12369 nomda 17574 nusxa kitob fondiga ega bo‘ldi. Axborot-kutubxona markazi 2020 yilda 1865 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib, 8184 nafarga yetgan.

 Shundan so‘ng, press-tur ishtirokchilari Shopo‘lot mahallasida joylashgan 71-sonli madaniyat markazi faoliyati bilan tanishishdi. 
 Madaniyat markazi 2020 yilda kapital ta’mirlanib, moddiy-texnik ba’zasi mustahkamlandi. Bu yerda  330 o‘ringa ega konsert zali,  9 ta  to‘garak xonalari mavjud. 7 ta badiiy xavaskorlik jamoalari tashkil qilingan. 


   OAV vakillari tuman yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.

Toyloq tumami hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди