Deputatlar talliotalik tomorqachilar bilan uchrashdi

    Toyloq tumanidagi Talliota mahallasining drayveri asosan ko‘chatchilik bo‘lib, aholi  tomorqachilikdan daromad olishadi. Ushbu mahallada “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili yo‘lga qo‘yilgan. 
    Xususan, talliotalik Saidamirxon Oqilov, Saidakbar Ahrorovlar ko‘chatchilikning hadisini olgan mirishkor dehqonlardan. Ular 20 yildan buyon ko‘chatchilik bilan shug‘ullanishadi. Halol mehnati ortidan 1 yilda 150-200 million so‘m daromad oladi. 

  Ayni kunda Saidamirxon Oqilov 10 sotix tomorqasida tashkil etilgan issiqxonada karam ko‘chatlari yetishtirmoqda. Karamdan bo‘shagan issiqxonada pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon, gulkaram kabi sabzavot ko‘chatlari yetishtiradi. 
   Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev hamda Gʻayrat Abdiyevlar talliotalik tajribali tomorqachilar bilan uchrashib, ko‘chatchilik borasida fikr almashishdi. Ularning muammolarini, yurtimizda ko‘chatchilikni rivojlantirish borasidagi takliflarini tingladi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди