Sog‘lom turmush tarzi - oila farovonligi asosi

   Ma’lumki, ayni kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
   Qolaversa, mazkur mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.  
    Xususan, ayni kunlarda Tepaqishloq mahallasida tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari xonadonma-xonadon yurib, aholini tibbiy ko‘rikdan o'tkazmoqda. 
   Qish mavsumida yuqish xavfi yuqori bo'lgan yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди