Mahallalar raislari uchun seminar tashkil etildi

    Ayni damda Toyloq tumanidagi Ukrach mahallasida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. 
    Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining bilim va ko‘nikmalarini  yanada oshirish, namunali mahallalar faoliyatini ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur seminarda tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishmoqda. 
   Seminarni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toyloq tumani bo‘limi rahbari Akmal Mirzoyev ochib berdi. Shundan so‘ng Ukrach MFY raisi Namoz Abdurahimov mahallada amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazmoqda.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди