Tepaqishloqda harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

  Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg‘ulotlari, xususan harakatli mashqlarning o‘rni beqiyos. Shu sababli jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

   Xususan, 23-fevral kuni Toyloq tumanidagi “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirilayotgan Tepaqishloq mahallasida «Salomatlik uchun besh ming qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni bilan birga sportning shaxmat,  shashka,  stol tanisi,  voleybol musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek tadbirda tuman hokimligi vakillari, hamkor tashkilotlar, mahalla yoshlari,  o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan fuqarolar faol ishtirok etishdi.
    Madaniyat bo'limining xushovoz xonandalari ijrosida kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди