Tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi   

     Toyloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Bahodir Bobonazarov hamda tuman DXX rahbari B.Xudoynazarovlar O`ray-Elipok mahallasida yashovchi  yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

   Tadbir avvalida, tuman hokimi bugun Shopo‘lot mahallasida o‘tkazilgan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovidan olgan taassurotlari, xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Mahalla yoshlar etakchisi va hokim yordamchisiga yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlikning sodda va oson turlariga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

   Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni yaratish kabi mavzularda ochiq va samimiy muloqot qildi.     

  

   Shuningdek, sektor rahbari yoshlarning taklif va muammolarini eshitdi, ularning savollariga  batafsil javob berdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди