QIYOFASI O'ZGARAYOTGAN TEPAQISHLOQ

 

 Toyloq tumani "Tepaqishloq" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.Mahalla aholisi yashab turgan xonadonlarni tashqi fasad qismlarini oqlash, rang berish ishlarini olib borilmoqda.  Bir tomonda aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Samarqandsuvta'minoti" tuman bo'limi brigada xodimlari tomonidan toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilayotgan bo'lsa, boshqa tomonda tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.  Kundan-kunga mahallaning qiyofasi chiroy ochib bormoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди